O‘tkazilish sanasi: 2025-yil 12-noyabr, soat 10:00
O‘tkaziladigan joy: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladigan PRIM-01-28 granti loyihasi doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi yurak-qon tomir kasalliklarini (YQTK) oldini olish va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga bag‘ishlangan Ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi.
Ushbu tadbirning maqsadi - yurak salomatligiga har kuni e’tibor qaratish zarurligini ta’kidlashdir.
· Aholining yurak-qon tomir kasalliklari xavf omillari va ularni oldini olish usullari haqida xabardorligini oshirish;
· Fuqarolarda o‘z salomatligiga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish;
· Sog‘lom ovqatlanish, jismoniy faollik va zararli odatlardan voz kechish tamoyillarini targ‘ib qilish;
· Mutaxassislar tomonidan bepul skrining tekshiruvlari va maslahatlarni o‘tkazish.
· Kardiologlar, terapevtlar va tibbiy reabilitatsiya shifokorlari tomonidan konsultatsiyalar;
· Qon bosimi, qand va xolesterin darajasini o‘lchash;
· YQTK xavfini kamaytirish bo‘yicha individual tavsiyalar;
· Ma’rifiy ma’ruzalar va interaktiv uchrashuvlar;
· Yurak kasalliklarining oldini olishga oid axborot materiallarini tarqatish.
Tadbir barcha yosh toifalariga mo‘ljallangan bo‘lib, ayniqsa ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj, keksa fuqarolar hamda yoshlarga alohida e’tibor qaratiladi. Maqsad - aholida sog‘lom hayot tarzini ongli ravishda shakllantirish.
Tashkilotchi: Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi
Homiy: Jahon Banki tomonidan moliyalashtiriladigan PRIM-01-28 granti loyihasi
Sizni tadbirda faol ishtirok etishga taklif etamiz!
Sog‘lom yurakka birinchi qadamni qo‘ying — xavf omillari va profilaktika choralari haqida o‘z vaqtida ma’lumot oling.