«Reabilitatsiya» ilmiy laboratoriyasi 2021 yilda tashkil etilgan. Ilmiy faoliyatning asosiy yo'nalishlari tabiiy va preformatsiyalangan terapevtik omillardan foydalangan holda ichki aʼzolarning turli kasalliklari bo'lgan bemorlarni tibbiy reabilitatsiya qilish bilan bog'liq.
Yurak ishemik kasalligili bemorlarni miokard revaskulyarizatsiyasidan(toj arteriyalarini stentlash va aorotokoronar shuntlash) keyin, surunkali obstruktiv o'pka kasalligi va revmatik asalliklar(osteoartrit) kasalligi bo'lgan bemorlarni davolash va tibbiy reabilitatsiya oʼtkazishning yangi sxemalarini takomillashtirish va ishlab chiqish.
Tibbiy reabilitatsiya bosqichlarida komorbid patologiyasi bo'lgan ichki aʼzolarning turli kasalliklari bor bemorlarda klinik va laboratoriya, instrumental ko'rsatkichlar va kardiovaskulyar tizimning funktsional holatini o'rganish.
Komorbid patologiyasi (yurak ishemik kasalligi, o'pka surunkali obstruktiv kasalligi va tayanch xarakat tizimining) bo'lgan ichki organlar kasalliklari bo'lgan bemorlarni davolash va tibbiy reabilitatsiya oʼtkazish sxemalarini takomillashtirish.
Keksa yoshdagi ichki aʼzolari kasalliklari bo'lgan bemorlarga tibbiy reabilitatsiya ta'siri.
Ilmiy laboratoriya rahbari: tibbiyot fanlari doktori Abdullayev A. X., 1990 yilda "18-dehidroglisirret kislotasining eksperimental giperlipidemiyada lipid almashinuviga ta'siri" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini , 1997 yilda "Glitsirret kislotasining hosilalari - aterosklerozga qarshi va gipolipidemik vositalarning yangi guruhi"mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 1993 yildan beri dotsent. Bugungi kunda 144 ta ilmiy ishlari chop etilgan, ulardan 82 ta maqola, 144 ta tezis, 11 ta uslubiy qo'llanma va tavsiyalar, 1 ta kompyuter dasturi mavjud. E-mail: hakbar111@rambler.ru