Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida Jahon banki tomonidan moliyalashtirilayotgan PRIM-01-28 granti doirasida tashkil etilgan Project Management kursi muvaffaqiyatli yakunlandi.
10 kun davomida bo‘lim mudirlari, ilmiy laboratoriya rahbarlari va boshqaruv jamoasi vakillari zamonaviy loyiha boshqaruvi uslublari bo‘yicha chuqurlashtirilgan o‘quv mashg‘ulotlarida ishtirok etdilar. Darslar yuqori tajribaga ega xalqaro ekspertlar tomonidan olib borilib, amaliy vorkshoplar, keys-stadilar va strategik muhokamalar uyg‘unligida tashkil etildi.
O‘quv jarayonini muvaffaqiyatli yakunlagan barcha ishtirokchilarga ularning malaka oshirganini va yangi ko‘nikmalarga ega bo‘lganini tasdiqlovchi xalqaro sertifikatlar topshirildi.
· Strategik rejalashtirish, liderlik va samarali jamoa boshqaruvi bo‘yicha ko‘nikmalar mustahkamlandi;
· Ilmiy va tibbiy loyihalarni yuqori samaradorlik bilan amalga oshirish imkoniyatlari kengaydi;
· Markazda loyiha boshqaruvi madaniyatini shakllantirish va innovatsion tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash uchun mustahkam poydevor yaratildi.
Ushbu yutuq nafaqat Markazimiz rivojlanishida, balki O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Xalqaro standartlarga asoslangan bilim va tajribalar sohaga barqaror taraqqiyot olib kelishiga ishonamiz.
Muvaffaqiyatli natijaga erishgan barcha ishtirokchilarni samimiy tabriklaymiz!