Background

Yangiliklar

Barchani diabet haqida xabardorlikni oshirishga bag‘ishlangan tadbirga taklif qilamiz!

Barchani diabet haqida xabardorlikni oshirishga bag‘ishlangan tadbirga taklif qilamiz!

Jahon Diabetga Qarshi Kurash Kuni — 2025

2025-yil 14-noyabr, soat 11:00

Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

Barchani diabet haqida xabardorlikni oshirishga bag‘ishlangan tadbirga taklif qilamiz!

Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladigan PRIM-01-28 granti doirasida Xalqaro Diabet Kuni munosabati bilan keng qamrovli ma’rifiy tadbir o‘tkaziladi.

Tadbir maqsadi:

2-tur qandli diabetning xavf omillari, oldini olish usullari, erta aniqlash va samarali boshqaruv bo‘yicha aholining xabardorlik darajasini oshirish.

Tadbir davomida sizni kutadi quyidagilar kutadi:

Yetakchi mutaxassislarning ma’ruzalari

Interaktiv sessiyalar va viktorinalar

Shifokorlar maslahatlari va glyukoza darajasini o‘lchash

Sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha foydali tavsiyalar va materiallar

Ushbu tadbir yoshlar, keksalar, talabalar, tibbiyot xodimlari hamda ijtimoiy jihatdan himoyaga muhtoj guruhlarni qamrab olgan keng auditoriyaga mo‘ljallangan.

Siz ham sog‘lom jamiyat sari o‘z hissangizni qo‘shing!

Birgalikda diabetning asoratlarisiz, sog‘lom va ongli hayot sari qadam tashlaymiz.

Ulashish